Logged in as Гость Group "Guests"
RSS

EE811E

ob havo


 XORIJIY TIL 
         O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi O’rta Maxsus Kasb-Hunar Ta’limi Markazi
         Farg’ona Politaxnika Instituti qoshidagi 3-sonli akademik litsey Xorijiy filologiya kafedrasi
P A S P O R T I
Farg’ona Politexnika institute qoshidagi 3-sonli akademik litsey "Xorijiy filologiya” kafedrasi tarixi
Tarjimonlik- bu sharafli kasb. I.Karimov
 

   Akademik Litsey O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-avgustdagi "Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish to’g’risida” gi 188-sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 19-sentabrdagi "Oliy Ta’lim muassasalari qoshidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish to’g’risida”gi 216-sonli buyrug’iga muvofiq Farg’ona politexnika institute qoshidagi litsey-internat negizida tashkil etilgan. Akademik litseyda kafedralar faoliyatiga alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida” va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarida ko’rsatilagan maqsad va vazifalarning mohiyatini har bir o’qituvchi chuqur anglab, uni amalgam oshirishda o’zining munosib o’rnini egallashi kerak. Bu borada yangi pedogogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish, yangi avlod darsliklari, uslubiy majmualar, o’quv qo;llanmalar yaratish uchun tinimsiz ishlash lozim. O’z o’rnida bu ishlar kadrlar tayyorlashning sifati, bo’lajak mutaxassislarni erkin fikrlovchi shaxs etib tarbiyalashning asosiy omilidir. Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun o’qituvchilarni tanlash va ular bilan ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib bo’rish zarur.Pedogog kadrlar bilan bunday ishlarni tashkil etishda fan kafedrasining ahamiyati katta. Albatta har qanday ishni tashkil qilishda biron –bir maxsus qonun, yoki yo’riqnoma , nizomga asoslanailadi. Fan kafedrasi haqidagi nizom uning asosiy vazifalari, funksiyalari, tarkibi, huquqlari, ma’suliyati, ta’lim muassasasining boshqa bo’linmalari bilan o’zaro aloqasini belgilaydi. Kafedra Farg’ona politexnika institute qoshidagi 3-sonli akademik litseyi doirasida va undan tashqarida akademik litseyning kafedraga tegishli faoliyati bo’yicha ish olib boradi. Mazkur Nizom O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008-yil 12 sentabrdagi 168-sonli "O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida fan kafedrasi ishini takomillashtirish to’g’risidagi” gi buyrug’ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan. Fan kafedrasini tashkil etish. Xorijiy filologiya kafedrasi (Keyinchalik kafedra deb yuritiladi) Farg’ona politexnika institute qoshidagi 3-sonli akademik litseyida tashkil etilib, xorijiy tillar(ingliz, nemis, rus) bo’yicha o’quv, o’quv-uslubiy, o’quv-amaliyot va ilmiy-uslubiy ishlarni amalgam oshiruvchi akademik litsey tuzilmasining tarkibiy qismidir. Kafedra xorijiy tillar pedogoglarining birlashmasi bo’lib, uning tarkibiga akademik litseyda ishlaydigan asosiy, shuningdek, o’rindosh va soatbay xodimlar kiradi. Kafedra nomi va tarkibi akademik litsey direktori tomonidan barcha pedogoglarni, jumladan o’rindosh va soatbay asosida ishlovchi xodimlarni ham inobatga olgan holda rasmiylashtirilgan. Kafedraning ish faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy , ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni qamrab olgan istiqbolli va joriy rejalar asosida amalgam oshiriladi. Belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi bo’yicha pedogoglar ishturokida kafedra yig’ilishida muhokama etilib, qaror qabul qilinadi Kafedra va kafedra mudirining ish rejalari akdemik litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi. Kafedra akdemik litsey ilmiy-pedogogik kengash qarori va akademik litsey direktori buyrug’I asosida tashkil etiladi yoki tugatialdi. Akademik Litseyda o’qituvchi sifatidagi faoliyati 5 yidan kam bo’lmagan, yuqori ma’lakaga ega bo’lgan, o’qituvchi director buyrug’I bilan kafedra mudiri etib tayinlanadi. Kafedra faoliyati uchun kafedra mudiri ma’suldir. Kafedra mudiri o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va uslubchi rahbarligida ish olib boradi. III. Fan kafedrasining asosiy maqsadi Quydagilar kafedraning asosiy maqsadi hisoblanadi: -umumiy o’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’limi standarti asosida o’quv, o’quv-uslubiy va o’quv-amaliy ashlarini tashkil etish; -yosh pedagog kadirlarga o’quv-metodik yordam ko’rsatish, katta tajriba ega bo’lgan pedagoglarning ish faolyatini umumlashtirish va omalashtirish; -fan yo’nalishi bo’yisha oily ta’lim muassasalari kafedralari bilan kadirlar tayyorlash sohasida hamkorlik o’rnatish; -kafedraga tegishli bo’lgan kabinet va o’quv honalaridagi zamonaviy tehnika va tehnalogiya vositalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; -ta’lim jarayonida o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan o’quv uslubiy va didaktik materyallarni yaratish va ommalashtirish; -pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratini takomillashtirshga yordam berish. IV. Kafedra mudirining vazifasi Kafedra mudirining vazifasiga quydagilar kiradi: -kafedra ishlarini rejalashtirish; -kafedra a’zolarini hukumat qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi hamda akademik litsey derektorining buyuruq va yo’riqnomalari bilan tanishtirish; -kafedraning bir yillik va istiqboli ( besh yilga ) ish rejasini shakilantirish va uning bajarishini ta’minlash; -o’quv- uslubiy hujjatlarning tayyorlanish sifatini va bajarish muddatlarini nazorat qilish; -kafedra tomonidan o’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tastiqlash uchun taqdim etish, shuningdek, turdosh fanlardan tayyorlangan ishchi o’quv dasturlariga taqriz va hulosalar tayyorlash; -pedagoglar tomonidan o’quv dasturlari asosida fanlar bo’yicha taqvim mavzu rejalarini ishlab chiqishni nazorat qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash; -Davlat Ta’lim standartiga muofiq tuzilgan o’quv rejalari asosida darslarni va boshqa turdagi o’quv mashg’ulotlarini yuqori nazariy ilmiy-uslubiy saviyada o’tkazishni taminlash; -fanlar bo’yicha darslik, electron darslik, o’quv-uslubiy va ko’rgazmali qurollar, maruza ma’tinlar yozishga ko’maklashish; -iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashni, ularni fan olimpiadasi va ko’rik-tanlovlarda ishtirok etishni ta’minlash, o’quvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko’rishi shakli va uslubini belgilash; -ilmiy- tadqiqot ishlariga moilligi bo’lgan yosh pedagoglarni oily ta’lim muassasalari professor-o’qtuvchilariga biriktirish va ularga uslubiy yordam ko’rsatishga ko’maklashish ; -yosh mutaxassialriga tajribali pedagoglarni biriktirish, ular tomonidan o’quv mashg’ulotlarini zamonaviy ahborot-kommunikasiya texnalogiyalari va oqitishning zamonaviy tehnik vositalardan foydalangan holda o’tishni taminlash; -kafedra pedagoglarining malakasi belgilangan mudatlarda oshirishni ta’minlash; -pedagoglarning mavzu- taqvim rejasini, kabinet mudiri va to’garak rahbarlarining ish rejalarini ko’rib chiqish; -fanlar bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun tuzilgan test savollarini to’plash, fanlardan test savollari bankini tashkil etish. V .Kafedra mudirining huquqlari Kafedra mudirining huquqlariga quyidagilar kiradi: - akademik litsey rahbariyatiga o’qituvchilar va kabinet mudiri, to’garak rahbalrini tanlash bo’yicha tavsiyalar kiritish; - ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida kafedra o’qituvchilarining darslariga kirish va tahlil qilish; - oraliq va yakuniy nazoratlarda yakuniy davlat attestatsiyasida qatnashish; - akademik litsy rahbariyatiga kafedra a’zolarini ishga qabul qilish, rag’batlantirish,yoki intizomiy jazo choralarini qo’llash haqida taklif kiritish; - kafedra a’zolari o’rtasida yillik yuklama va funksional vazifalarni taqsimlashga doir takliflarni kiriyish; - guruh rahbarlarini tayinlash bo’yicha taklif kiritish; - Davlat Ta’lim standartlari talablariga mos keladigan darslik va o’quv qo’llanmalarniyartish jarayonida faol ishtirok etish; - Kafedra tasaruffiga kiruvchi fanlar bo’yicha namunaviy dasturlar va boshqa me’oriy hujjatlar ishlab chiqish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish. VI Kafedra faoliyati. Kafedraning faoliyati har bir o’qituvchining rejasidan kelib chiqib tuzilgan umumiy reja asosida olib boriladi va kafedra mudiri tomonidan nazorat qilinadi. Kafedraning o’quv-uslubiy ishlari bo’yicha hisobotlarni topshirish muddati va shakillari me’oriy hujjatlar belgilangan tartibda olib boriladi. …Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, don ova albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ta’lim- tarbiyamasalasi, hech shubxasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi….

Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.
 
Xorijiy filologiya kafedrasida quyidagi fanlar o’qitiladi:
 1. Ingliz tili
 2. Rus tili
 3. Nemis tili
Make a free website with uCoz
Copyright lyceum3 © 2024