Logged in as Гость Group "Guests"
RSS

EE811E

ob havo


 ona tili 
ONA TILI MASHGULOTLARIDA
 «SAYOHAT» DARSI
 
   «Sayohat» darslari zamonaviy pedtexnologiyalarga asoslangan darslarning bir turi bo’lib uni real sayohat (ekskursiya) tarzida, shuningdek, xonada shartli sayohat tarzida o’tkazish mumkin. Bu dars adabiyot fanida biror ijodkorning hayoti va ijodini o’rganishda u yashagan joylarga sayohat uyushtirish orqali o’tilgani samarali natija beradi. Masalan, akademik litseylarning II kursida Amiriy, Uvaysiy, Nodira, Muqimiy, Zavqiy va Furqatlarning hayoti va ijodini o’rganish ko’zda tutilgan. Qo’qon shahriga uyushtirilgan sayohat ana shu ijodkorlar tarjimai holini o’rganish uchun juda kata manba lar berishi mumkin. Bu sayohat tarixchi o’qituvchi bilan hamkorlikda tashkil etilishi esa Qo’qon xonligi tarixini o’rganishda juda qo’l keladi. Biz o’z tajribamizda buni amalda sinab ko’rdik va yaxshi natijalarga erishdik. Ona tili darslarida ham «Sayohat» o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzuga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi va darsning jonli, qiziqarli o’tishini ta’minlaydi. Bu usul o’rganilgan nazariy ma’lumotlarning o’quvchi ongiga tez singishi va xotirasida mustahkam o’rnashib qolishini ta’minlaydi. Ona tili darslarida shayohatning shartli turidan foydalanish mumkin. Masalan, gap sintaksisni o’rganishdan oldin shartli ravishda «Gap mamlakatiga sayohat» o’tkazish mumkin. Buning uchun avvalo biror mamlakat xarisi misolida gap mamlakatining xaritasi yaratilishi yoki xayoliy xarita yaratilishi zarur bo’ladi. Biz ona tilimiz o’zbek tili bo’lgani uchun O’zbekiston xaritasidan foydalanishni ma’qul topdik. Darsni boshlashdan oldin O’zbekistonning geografik hududi, aholisi, davlat boshqaruvi tizimi, Davlat tili kabilar haqida qisqacha kirish suhbati o’tkazish darsning boshqa fanlar bilan aloqasini yo’lga qo’yishda, o’quvchilarning o’zlari yashayotgan yurtga oid bilimlarning chuqurlashishi va muhabbat hissining shakllanishiga olib keladi. Savollar taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasi Yer sharining qaysi hududida joylashgan va qaysi mamlakatlar bilan chegaradosh?
2. O’zbekiston Respublikasi yer maydoni qancha va u necha ma’muriy hududlarga bo’linadi?
3. O’zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvining qaysi tizimi amal qiladi va buning asosiy ko’rinishlari nimada?
4. O’zbekiston Respublikasida nechta millatga mansub qancha aholi yashaydi?
5. O’zbekiston Respublikasining Davlat tili qaysi til va til haqdagi qonun qachon qabul qilingan?
6. Til qanday hodisa va uni qanday fan o’rganadi?
7. Tilshunoslik fanining bo’limlarini sanab bering va sintaksisda nimalar o’rganilishini ayting/
 
Ana shunda savol-javoblardan so’ng o’qituvchi mavzu:
 "Gap va uning turlari” ekanligi va bugungi darsda "Gap mamlakati”ga sayoha uyushtirilishini e’lon qiladi.
 
     Gap va uning turlari haqidagi ma’lumotlar bilan o’quvchilar umumta’lim maktablarida tanish bo’lganliklari uchun o’qituvchi mavzuga oid nazariy ma’lumotlarni bayon qilmay uni o’quvchilat tomonidan bayon etilishi va tahlil qilinishiga erishishi katta samara beradi. Sayohat boshlanishidan oldin xaritani sinf taxtasiga osib qo’yish yoki videoproyektor orqli namoyish etish zarur.    
       Keyin gap turlari yozilgan quyidagi kartochkalar aralashtirgan holda stol ustiga terib qo’yiladi.
1. Qo’shma gap viloyatining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
2. Sodda gap viloyatining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
3. Bog’langan qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
4. Ergashgan qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
5. Bog’lovchisiz qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
6. Ko’chirma gapli qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
7. Murakkab qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
8. Shaxsi ma’lum gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
9. Shaxsi umumlashgan gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
10. Shaxsi noma’lum gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
11. Atov gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
12. So’z-gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
13. To’liq gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
14. To’liqsiz gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
 
   O’quvchilar birin-ketin chiqib har biri o’zi tortgan kartochkadagi gap turi haqida bilganlarini bayon etib, bir misol yordamida isbotlaydi. U noto’g’ri javob bersa, boshqa o’quvchilar javob berishi mumkin. Savollarning bunday shaklda qo’yilishi an’anaviy ilmiy-nazariy tushunchalarni hazilomuz, o’yin tarzida idrok etish imkoniyatini beradi va o’quvchi ongiga chuqur singishiga olib keladi. Masalan, "To’liqsiz gap” shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting” savoliga javob berishda o’quvchi ko’z oldiga barcha gaplarni qisqa aytishga odatlangan kishilar kelishi tabiiy, unga taxminan quyidagicha javob olish mumkin: "To’liqsiz gap” shahri Sodda gaplar viloyatida joylashgan bo’lib asosiy belgilaridan biri undagi binolarning (gaplarning) to’liq emasligi, ya’ni zarur jihozlar (bo’laklar)ning barchasi to’liq qatnashmasligidir. Aholisining tiliga xos xususiyatlardan biri o’z fikrini juda qisqa aytishga odatlangaligidir. Ayniqsa, bu hol ularning "To’liq gap” shahridagilar bilan suhbatida yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, – Siz qaysi shaharda yashaysiz? – "To’liqsiz gap”shahrida. Darsni shu tariqa davom ettirish uni zerikarli bo’lmasligi to’liq jonli muloqot ruhida o’tishini ta’minlaydi.
1. Qo’shma gap viloyatining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
2. Sodda gap viloyatining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
 3. Bog’langan qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
4. Ergashgan qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
5. Bog’lovchisiz qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
6. Ko’chirma gapli qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
7. Murakkab qo’shma gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
8. Shaxsi ma’lum gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
9. Shaxsi umumlashgan gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
10. Shaxsi noma’lum gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
11. Atov gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
12. So’z-gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
13. To’liq gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
14. To’liqsiz gap shahrining asosiy belgilari nima deb o’ylaysiz? Aholisining tiliga xos asosiy xusuiyatni ayting.
Make a free website with uCoz
Copyright lyceum3 © 2024