Logged in as Гость Group "Guests"
RSS

EE811E

ob havo


 TABIIY YO'NALISH 
Tabiiy fanlar kafedrasi xayotidan
   Tabiiy fanlar kafedrasi 2006 yilda tashkil topgan bo’lib, o’z ichiga kimyo, biologiya, geografiya, jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik kabi fanlarni o’z ichiga oladi. Tabiiy fanlar kafedrasi mudirlik vazifasini 2006 yildan 2010 yilning sentabriga qadar kimyo fani ustozi Ro’zimat Xalilov bajarib keldi. 2010 yil sentabridan boshlab hozirgi kungacha biologiya fani ustozi Sulaymonova Marg’ubaxon bajarib kelmoqda. Bu kafedrada ayni paytda 9 nafar fan ustozi faoliyat ko’rsatmoqda. Bulardan 3 nafari kimyo fani ustozlari, 2 nafari biologiya, 2 nafar jismoniy tarbiya, 2 nafari CHQBT ustozlari. Kafedra tarkibida 1 nafar bosh o’qituvchi, 3 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar mutaxasis o’qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. Kafedra shu yillar mobaynida juda ko’plab yutuqlarga erishdi. Jumladan : Respublika va Viloyat fan olimpiadalarida, turli xil ko’rik-tanlovlarda, musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Masalan: Viloyat fan olimpiadasida biologiya fanidan 2010 yil 3-bosqich talabalari o’rtasida 4-07 guruh talabasi To’ychiev Zoir faxrli 1-o’rinni egallab Respublika bosqichida ham yaxshi natijalar bilan ishtirok etdi. 2-bosqich talabalari o’rtasida esa 4-08 guruh talabasi Odilov Doston faol ishtirok etib faxrli 2-o’rinni egalladi. 2011 yilgi biologiya fan olimpiadasida esa 2-bosqich 3-09 guruh talabasi Muhammadjonova Dilnovoz faxrli 3-o’rinni egalladi. Litsey miqyosida o’tkaziladigan turli hil ko’rik tanlov va musobaqalarda kafedra talabalari faol ishtirok etishmoqda. Sport musobaqalarida ham shu yillar davomida kafedramiz talabalari bir qator yutuqlarga erishdilar. Masalan : bu yilgi saralash musobaqalarida litseyimizning terma jamoasi "Qo’l to’pi ” bo’yicha Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.
Make a free website with uCoz
Copyright lyceum3 © 2024