"IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI TARIXI
"O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo’q”.
I.Karimov: "Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asaridan.
Akademik Litsey O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-avgustdagi "Oliy ta’lim muassasalari tasarufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish to’g’risida” gi 188-sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 19-sentabrdagi "Oliy Ta’lim muassasalari qoshidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish to’g’risida”gi 216-sonli buyrug’iga muvofiq Farg’ona politexnika institute qoshidagi litsey-internat negizida tashkil etilgan.Akademik litseyda kafedralar faoliyatiga alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida” va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarida ko’rsatilagan maqsad va vazifalarning mohiyatini har bir o’qituvchi chuqur anglab, uni amalgam oshirishda o’zining munosib o’rnini egallashi kerak.Bu borada yangi pedogogik yexnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish, yangi avlod darsliklari, uslubiy majmualar, o’quv qo;llanmalar yaratish uchun tinimsiz ishlash lozim.O’z o’rnida bu ishlar kadrlar tayyorlashning sifati, bo’lajak mutaxassislarni erkin fikrlovchi shaxs etib tarbiyalashning asosiy omilidir. Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun o’qituvchilarni tanlash va ular bilan ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib boorish zarur.Pedogog kadrlar bilan bunday ishlarni tashkil etishda fan kafedrasining ahamiyati katta.Albatta har qanday ishni tashkil qilishda biron –bir maxsus qonun, yoki yo’riqnoma , nizomga asoslanailadi. Fan kafedrasi haqidagi nizom uning asosiy vazifalari, funksiyalari, tarkibi, huquqlari, ma’suliyati, ta’lim muassasasining boshqa bo’linmalari bilan o’zaro aloqasini belgilaydi. Kafedra Farg’ona politexnika institute qoshidagi 3-sonli akademik litseyi doirasida va undan tashqarida akademik litseyning kafedraga tegishli faoliyati bo’yicha ish olib boradi.Mazkur Nizom O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008-yil 12 sentabrdagi 168-sonli "O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida fan kafedrasi ishini takomillashtirish to’g’risidagi” gi buyrug’ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan.
FAN KAFEDRASINI TASHKIL ETISH.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi (Keyinchalik kafedra deb yuritiladi) Farg’ona politexnika instituti qoshidagi 3-sonli akademik litseyida tashkil etilib, ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’yicha o’quv, o’quv-uslubiy, o’quv-amaliyot va ilmiy-uslubiy ishlarni amalgam oshiruvchi akademik litsey tuzilmasining tarkibiy qismidir. Kafedra ijtimoiy-gumanitar fanlar pedogoglarining birlashmasi bo’lib, uning tarkibiga akademik litseyda ishlaydigan asosiy, shuningdek, o’rindosh va soatbay xodimlar kiradi. Kafedra nomi va tarkibi akademik litsey direktori tomonidan barcha pedogoglarni, jumladan o’rindosh va soatbay asosida ishlovchi xodimlarni ham inobatga olgan holda rasmiylashtirilgan. Kafedraning ish faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy , ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni qamrab olgan istiqbolli va joriy rejalar asosida amalgam oshiriladi. Belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi bo’yicha pedogoglar ishturokida kafedra yig’ilishida muhokama etilib, qaror qabul qilinadi Kafedra va kafedra mudirining ish rejalari akdemik litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi. Kafedra akdemik litsey ilmiy-pedogogik kengash qarori va akademik litsey direktori buyrug’I asosida tashkil etiladi yoki tugatialdi. Akademik Litseyda o’qituvchi sifatidagi faoliyati 5 yidan kam bo’lmagan, yuqori ma’lakaga ega bo’lgan, o’qituvchi director buyrug’I bilan kafedra mudiri etib tayinlanadi. Kafedra faoliyati uchun kafedra mudiri ma’suldir. Kafedra mudiri o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va uslubchi rahbarligida ish olib boradi.